08:05 / 29.07.2023
768

Putin Erdo‘g‘onning so‘rovini e’tiborsiz qoldirdi

Putin Erdo‘g‘onning so‘rovini e’tiborsiz qoldirdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘onning g‘alla shartnomasini qayta tiklash masalasi haqidagi so‘rovlarini e’tiborsiz qoldirgani aytilmoqda. Bu haqda diplomatik manbalarga asoslanib Wall Street Journal yozmoqda.

Manbalarning so‘zlariga ko‘ra, Turkiya rahbari tashabbus ko‘rsatgan telefon muloqoti hali amalga oshmagan. Turkiya rasmiylari boshqa kanallar orqali muloqotga kirishishda davom etmoqda.

Turkiyaning Moskvadagi elchixonasida ishlagan sobiq yuqori martabali diplomat Gulru Gezer «Putin Erdo‘g‘onga avvalgidek ishonadi» deya o‘ylamasligini aytdi. Gezer, shuningdek, Rossiya rahbarining «xorijdan kelgan qo‘ng‘iroqlarga javob bermasligi»ni g‘ayrioddiy holat deb atagan.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya Ukraina donini xorijga olib chiqish imkonini beradigan don bitimidan 17 iyul kuni chiqib ketgandi.

Turkiya esa Ukraina-Rossiya urushi boshlangandan beri ikki tomon bilan ham ijobiy aloqalarni saqlab kelmoqda edi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Putin Erdo‘g‘onning so‘rovini e’tiborsiz qoldirdi
ePN