21:00 / 29.07.2023
789

Putin o‘tgan yili Rossiya qo‘shinlari Kiyev yaqinidan chekinganiga izoh berdi

Foto: “TASS”

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukrainadagi urushni tinch yo‘l bilan hal qilish bo‘yicha Afrika davlatlari rahbarlari bilan o‘tkazilgan uchrashuvda Rossiya “har qanday nizolarni tinch yo‘l bilan hal qilishga intilishini” aytdi. Bu haqda Kreml saytida xabar berildi.

Rossiya hukumatining tinchlikka tayyorligi haqida gapirar ekan, Putin 2022-yil bahorida rus armiyasining Kiyevdan chekinishini misol tariqasida keltirdi:

“Aslida bu (tinchlik) shartnomaning loyihasi kelishilgan edi, lekin qo‘shinlarimiz Kiyev yaqinidan olib chiqilgach — bizdan yakuniy kelishuvga shart-sharoit yaratish uchun shunday qilishimizni so‘rashgandi — Kiyev hukumati avvalgi barcha kelishuvlardan voz kechdi”.

Putin kelishuvlar tafsilotlarini oshkor qilishdan bosh tortdi va “bu unchalik ham to‘g‘ri bo‘lmasligini” taʼkidladi.

Shuningdek, Rossiya prezidenti o‘z nutqida Ukrainadagi urushni “G‘arb boshlagan”ini aytdi. Putinning so‘zlariga ko‘ra, G‘arb “Ukrainani NATOga tortishni boshlagan”, Rossiya uchun esa Ukrainaning neytral maqomi “bosh ahamiyatga ega”.

Rossiya 2022-yilning bahorida Kiyevdan qo‘shinlarini olib chiqib, buni tinchlik muzokaralariga qulay shart-sharoit yaratish uchun “yaxshi niyat” deb atagandi. Shunga qaramay, ko‘plab ekspertlar rus armiyasi Kiyev yaqinida katta mag‘lubiyatga uchragadi va o‘z oldiga yanada aniqroq maqsadlar qo‘yishga majbur bo‘ldi, degan fikrni bildirgan.

Rossiya qo‘shinlari chekingan Ukraina hududlarida fevral va mart oylarida Rossiya istilosi paytida halok bo‘lgan yuzlab tinch aholining jasadlari topildi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Putin o‘tgan yili Rossiya qo‘shinlari Kiyev yaqinidan chekinganiga izoh berdi
ePN