Zaxarova Rossiyaning urushdagi yana bir maqsadini aytdi

Zaxarova Rossiyaning urushdagi yana bir maqsadini aytdi
Zaxarova Rossiyaning urushdagi yana bir maqsadini aytdi
Foto: TASS

Rossiya Afrika erkinligini himoya qilish uchun Ukrainada urush boshladi. Bu haqda Rossiya Tashqi ishlar vazirligi spikeri nutqiga tayanib, Dialog.ua xabar berdi.

“Nahotki biz nima uchun kurashayotganimizni ko‘rmayapsiz? Yigitlarimiz o‘z jonini berayotganini ko‘rmayapsizmi? Ular o‘z hayotlari bilan nafaqat Afrika qit’asi huquqi, balki sayyoramizdagi barcha odamlar ozod bo‘lishi uchun harakat qilmoqda”, — dedi Rossiya TIV spikeri.

Uning fikricha, Ukrainadagi urush qaysidir ma’noda afrikaliklar uchun erkinlik va dunyo tinchligini ta’minlashi kerak.

Zaxarova, shuningdek, Afrika davlatlarining o‘zlariga birovning nuqtayi nazarini singdirishga yo‘l qo‘yilmasligi haqidagi prinsipial pozitsiyasi haqida gapirdi.

“Ular vaziyatni, tarixni bilish orqali, milliy manfaatlariga asoslanib, o‘z munosabatini shakllantiradi. Bu juda ajoyib”, — dedi u.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar