Madina shahrida payg‘ambar Muhammad (s.a.v.) masjidi oldida terrorchi o‘zini portlatib yubordi

Al-Masdjid an-Nabaviy islom olamida Makka shahridagi Bayt-ul-Haramdan keyingi eng muqaddas joy hisoblanadi.
Dushanba kuni sodir etilgan portlash natijasida besh kishi qurbon bo‘lgan, olti kishi og‘ir jarohatlangan, deb xabar beradi Sky News Arabia telekanali.
Ma’lum qilinishicha, joniga qasd qilgan terrorchi avvaliga ichida mingdan ortiq odam bo‘lgan masjid ichiga kirishga harakat qilgan. U masjid oldidagi avtoto‘xtash joyida portlash qurilmasini ishga solgan. Natijada to‘xtash joyidagi bir nechta mashina yonib ketgan.
Aytib o‘tganimizdek, ushbu masjid islom olamidagi ikkinchi eng muqaddas qadamjo. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing