date
views 603

Qozog‘istonda aholining o‘rtacha ish haqi qancha?

Foto: nur.kz

Qozog‘istonda aholining o‘rtacha oylik ish haqi bo‘yicha ma’lumotlar yangilandi. Bu haqda Milliy statistika byurosi ma’lumotlariga tayanib, Tengrinews xabar berdi.

Hozirgi davrdagi nominal ish haqining o‘rtacha arifmetik qiymati 365 502 tengeni (taxminan 9 million 545 ming so‘m) tashkil qilmoqda. 2023-yil ikkinchi choragida mamlakatda o‘rtacha ish haqi 240 779 tenge (taxminan 6 million 288 ming so‘m) bo‘ldi.

“2022 yilning mos choragiga nisbatan o‘sish 17,1 foizni (inflyatsiyani hisobga olmaganda), real ko‘rsatkichda (inflyatsiyani hisobga olgan holda) 1,2 foizga oshdi”, — deyiladi xabarda.

2022-yil ikkinchi choragiga nisbatan o‘rtacha oylik ish haqining eng katta o‘sishi quyidagi sohalarda kuzatilgan:

  • axborot va kommunikatsiya – 36 foiz;
  • transport va omborlarga joylash – 24,6 foiz;
  • qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi – 23,7 foiz;
  • ulgurji va chakana savdo, avtomobil va mototsikllarni ta’mirlash – 21,8 foiz;
  • ta’lim – 10,2 foiz;
  • sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar – 15,6 foiz.

Biroq ayrim hududlarda ish haqi darajasining pasayishi kuzatilmoqda.

“Real ma’lumotlarda 2022-yilning mos choragiga nisbatan qurilish sohasida — 3,5 foizga, turar joy va ovqatlanish xizmatlari ko‘rsatishda — 2,6 foizga, ta’limda — 4,8 foizga, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar — 0,1 foizga kamaygan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qozog‘istonda aholining o‘rtacha ish haqi qancha?