AQSHda shahar meri baliq ovlash vaqtida tasodifan 30 kg kokain topib oldi

AQSHda shahar meri baliq ovlash vaqtida tasodifan 30 kg kokain topib oldi
AQSHda shahar meri baliq ovlash vaqtida tasodifan 30 kg kokain topib oldi
Foto: Point.md

Florida shtatining Tampa meri Jeyn Kastor oilasi bilan qayiqda baliq tutayotganda 30 kilogrammdan ortiq kokainni suvdan chiqarib oldi.

Mer Atlantika okeanida baliq tutib o‘tirganda suvda oqib kelayotgan polietilen plyonkaga o‘ralgan briketlarga ko‘zi tushdi. Ilgari politsiyada ishlagan Jeyn Kastor paketlarda giyohvand moddalar borligini darhol angladi. U Sohil xavfsizlik xizmatiga qo‘ng‘iroq qilib, voqea haqida xabar berdi.

O‘tgan oyning boshida ommaviy axborot vositalarida “dam olayotgan qayiqchi” suvdan giyohvand moddalar topgani haqida e’lon qilingan edi, ammo bu baliqchining shaxsi ochiqlanmagan edi. Endilikda o‘sha baliqchi Florida shtatidagi uchinchi yirik shahar — Tampaning meri Jeyn Kastor ekani oydinlashdi.

Mahalliy Tampa Bay Times gazetasining yozishicha, giyohvand moddalardan tashqari, mer oilasi bilan 60 ga yaqin lobsterlarni ovlagan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar