date
views 194

Turkiyada 5,2 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi (video)

Turkiyada 5,2 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi (video)

Turkiyaning Malatya shahrida 5,2 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda Yevropa O‘rta Yer dengizi seysmologiya markaziga tayanib, “TASS”ga tayanib Daryo xabar berdi.

Mutaxassislarning qayd etishicha, zilzila epimarkazi 441 ming aholi istiqomat qiladigan Malatya shahridan 11 kilometr uzoqlikda joylashgan. Yer silkinish o‘chog‘i bir kilometr chuqurlikda qayd etilgan. Qurbonlar va vayronagarchiliklar haqida hozircha ma’lumotlar yo‘q.

Zilzila oqibatida shahar aholisi ko‘chaga chiqqan.

Hozirda vaziyatni o‘rganish davom etmoqda. Qadimgi tashlandiq bino qulab tushgani va bir necha fuqarolarimiz vahima ichida balkondan sakragani haqida xabar oldik”, — deydi Malatya gubernatori.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Turkiyada 5,2 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi (video)