Rossiya Zaporoje viloyatidagi mehmonxonani o‘qqa tutdi

Rossiya Zaporoje viloyatidagi mehmonxonani o‘qqa tutdi

Kecha, 10 avgust kuni Rossiya kuchlari Ukrainaning Zaporoje shahridagi mehmonxonaga raketa zarbasi berdi.

Zaporoje viloyati harbiy boshqarmasi rahbari Yuriy Malashkoning ma’lum qilishicha, hujum oqibatida 1 kishi halok bo‘lgan. 16 kishi, jumladan, 4 nafar bola jarohat olgan.

Rossiya Zaporoje viloyatidagi mehmonxonani o‘qqa tutdi

«Strana.ua»ning yozishicha, Zaparoje shahriga «Iskander-K» raketasi bilan zarba berilgan.

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, Zaporojega raketa hujumidan keyin yong‘in boshlangan. Zelenskiy Rossiya qo‘shinlarini o‘qqa tutishda aybladi.

Rossiya qo‘shinlarining Ukrainaga bostirib kirishini qo‘llab-quvvatlovchi ayrim Telegram kanallar, rus qo‘shinlari NATO askarlari va Ukraina qurolli kuchlari jangchilari joylashgan joyga zarba bergani haqida yozdi. Biroq hozircha Rossiya Federatsiyasi mudofaa vazirligi bu raketa hujumiga izoh bermadi.

Rossiya Zaporoje viloyatidagi mehmonxonani o‘qqa tutdi

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar