date
views 183

Kuleba: “Ukrainaning qarshi hujumi sekin, ammo barqaror davom etmoqda”

Kuleba: “Ukrainaning qarshi hujumi sekin, ammo barqaror davom etmoqda”

Foto: EADaily

Ukraina tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba Corriere della Sera nashriga bergan intervyusida qarshi hujum sekin, ammo barqaror davom etayotganini ma’lum qildi.

Qarshi hujumdagi eng katta muammo sifatida u ruslar o‘tgan yil davomida qurgan mustahkam mudofaa pozitsiyalarini ko‘rsatib o‘tgan.

Jangchilarimiz uchun oldinga borish oson emas. Lekin oxir-oqibat biz buni uddalaymiz. Men Italiyada Ikkinchi jahon urushi paytida Monte-Kassino jangini eslayman. Dastlab Germaniyaning dahshatli pozitsiyalari ittifoqchilar yo‘lini to‘sib qo‘ygan edi. Ammo to‘rt oy o‘tib, ular nemislarni mag‘lub qilib, muvaffaqiyatga erishdilar”, — dedi u.

Kulebaning qayd etishicha, Ukraina qo‘shinlari ham xuddi shunday vaziyatda.

Ishonchim komilki, biz albatta g‘alaba qozonamiz”, — dedi Ukraina tashqi ishlar vaziri.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Kuleba: “Ukrainaning qarshi hujumi sekin, ammo barqaror davom etmoqda”