date
views 553

Moskva shahriga yana dron hujumi uyushtirildi

Moskva shahriga yana dron hujumi uyushtirildi

Rossiya Mudofaa vazirligi 18 avgustga o‘tar kechasi Moskvaga dron hujumi uyushtirilganini ma’lum qildi.

Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, qurilma Moskva vaqti bilan soat 04:00 atrofida Moskva va Moskva viloyatida joylashgan obyektlarga hujum qilishga uringan. Mazkur dron havo mudofaasi yordamida urib tushirilgan va Krasnopresnenskaya qirg‘og‘idagi noturarjoy binosiga qulagan. Hodisa natijasida qurbonlar va yong‘inlar yo‘q, deya ta’kidlanadi.

Moskva meri Sergey Sobyaninga ko‘ra, uchuvchisiz qurilma havo hujumidan mudofaa kuchlari tomonidan yo‘q qilingan. Natijada Ekspomarkaz pavilonlaridan biri qisman shikastlangan. Ayni damda shahar favqulodda xizmatlari dron qulagan joyda ishlashmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Moskva shahriga yana dron hujumi uyushtirildi