date
views 577

Zelenskiy NATOga a’zolik evaziga Ukraina hududidan voz kechish taklifiga javob berdi

Zelenskiy NATOga a’zolik evaziga Ukraina hududidan voz kechish taklifiga javob berdi

Ukraina Rossiyaning Belgorod viloyatini NATO a’zoligiga almashtirishga tayyor, dedi Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Daniya bosh vaziri Mette Frederiksen bilan Skridstrup aviabazasiga tashrifi chog‘ida o‘tkazgan qo‘shma matbuot anjumanida.

Biz Ukrainaning NATOga kirishi evaziga Belgorodni almashtirishga tayyormiz”, — dedi Zelenskiy alyansga a’zo bo‘lish uchun Ukraina o‘z hududidan voz kechadimi, degan savolga javoban.

Ukraina rahbari Daniyadan avval Niderlandiyaga tashrifi chog‘ida ham Ukraina hududlarini “biror nimaga almashish” ehtimolini rad etgandi.

Bizda bitta hujjat bor, tinchlik formulasi bor, tilagimiz bitta —  tinchlik. Uni qanday tasavvur qilsak, (formulani) shunday shakllantirdik, hamkasblar bilan ochiq muhokamaga tayyormiz. Qancha ko‘p bo‘lsa, dunyo uchun, dunyo davlatlarining bir tarafda bo‘lishi uchun shuncha yaxshi. Ukrainaning hududiy yaxlitligi to‘liq tiklanadigan adolatli tinchlik tarafida”, — dedi u Niderlandiya bosh vaziri Mark Ryutte bilan bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida.

NATOga kirish uchun Ukraina hududidan voz kechish haqidagi taklif

Vladimir Zelenskiy 2022 yil sentyabr oyi oxirida Ukrainaning NATOga tezlashtirilgan tartibda kirishi uchun ariza topshirgan. 2023 yil iyulida NATOning Vilnyusdagi sammitida alyans a’zolari Ukrainaning harbiy-siyosiy blokka kirish jarayonini soddalashtirishga kelishib oldi, G7 davlatlari esa Ukraina uchun xavfsizlik kafolatlari bo‘yicha bayonot qabul qildi.

Ukraina Qurolli kuchlarining qarshi hujumi sekin kechayotgani fonida, ayrim G‘arb tahlilchilari va ommaviy axborot vositalari Ukraina tinchlikka erishish uchun NATOga qo‘shilish evaziga Rossiya tomonidan bosib olingan hududlarning bir qismidan voz kechishi kerakligi haqida gapira boshladi. Xususan, bunday taklifni NATO bosh kotibi idorasi rahbari Stian Yenssen bildirgan.

Zelenskiy ofisi Ukraina NATOga a’zo bo‘lish uchun hududlarini almashmasligini ma’lum qildi. Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev mazkur taklifni “qiziq g‘oya” deb atadi va Ukrainaning “bahsli hududlariga Kiyev ham kirishini” aytdi.

Keyinchalik Yessen gaplari xato ekanini aytdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Zelenskiy NATOga a’zolik evaziga Ukraina hududidan voz kechish taklifiga javob berdi