date
views 348

MRB josusi Xitoyda qo‘lga tushdi

MRB josusi Xitoyda qo‘lga tushdi

Xitoyda Markaziy razvedka boshqarmasi josusi hibsga olindi. Xitoyning Davlat xavfsizlik vazirligi «Markaziy razvedka boshqarmasi josusi» bo‘lgan xodimning hibsga olinganini e’lon qildi.

Qayd etilishicha, Xitoy vazirligining Xao ismli 39 yoshli xodimi Yaponiyada o‘qiyotganda AQSH Markaziy razvedka boshqarmasi tomonidan yollangan va josusga aylangan.

Xabarda Xao ishlayotgan vazirlik haqida ma’lum qilinmagan.

Bu MRB josusligi bilan bog‘liq ikkinchi holat. 10 avgust kuni «Italiyada o‘qish paytida Markaziy razvedka boshqarmasida ish boshlagan» davlat qurol kompaniyasining 52 yoshli xodimi hibsga olingani haqida xabar berildi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » MRB josusi Xitoyda qo‘lga tushdi