date
views 202

Bayden yong‘inda rafiqasi va mushugidan ayrilib qolayozgani haqida gapirib berdi

Foto: Reuters

2004 yilda AQSHning amaldagi prezidenti Jo Bayden uyida yong‘in sodir bo‘lgan, uning rafiqasi va mushugi nobud bo‘lishiga bir baxya qolgan. Bu haqda Bayden o‘rmon yong‘inlari kamida 110 kishining hayotiga zomin bo‘lgan Gavayidagi nutqida aytib berdi.

Bayden o‘z boshidan o‘tkazganlarni Gavayidagilarning talafotlari bilan solishtirishni istamasligini aytdi. Bundan 15 yil avval Vashingtondagi Baydenning uyi yaqinida yashin elektr tarmog‘iga zarar yetkazgan, shundan so‘ng yong‘in chiqqan.

“Gapning qisqasini aytsam, men xotinimni, Corvette 67 mashinamni va mushugimni yo‘qotishimga sal qolgan. Men o‘t o‘chiruvchilar qanday ishlaganini ko‘rganman”, — dedi Bayden.

Shu bilan birga, AP agentligining yozishicha, 2004 yilda Baydenning uyidagi oshxonada “kichik yong‘in” sodir bo‘lgan, o‘t o‘chiruvchilar uni 20 daqiqa ichida bartaraf etishgan.

Gavayida o‘rmon yong‘inlari 8 avgust kuni boshlandi. Sayyohlar orasida mashhur bo‘lgan Laxayna shahri butunlay yonib ketdi. 14 ming kishi evakuatsiya qilindi.

Gavayi gubernatori Josh Grin o‘rmon yong‘inlarining Mauiga ta’sirini “shtat tarixidagi eng yirik tabiiy ofat” deb atadi. Laxaynani qayta tiklash qiymati 5,5 milliard dollarga baholanmoqda: 2,2 mingdan ortiq bino shikastlangan, 850 gektardan ortiq yer vayron qilingan yoki yonib ketgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Bayden yong‘inda rafiqasi va mushugidan ayrilib qolayozgani haqida gapirib berdi