date
views 252

Prezident rafiqasi bilan Fuzuliy shahriga bordi (foto)

Prezident rafiqasi bilan Fuzuliy shahriga bordi (foto)

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjonga davlat tashrifining ikkinchi kuni rafiqasi bilan birga Fuzuliy shahriga bordi.

Oliy martabali mehmonlarni Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev va rafiqasi kutib oldi.

Shahar buyuk ozarbayjon shoiri va mutafakkiri Muhammad Fuzuliy sharafiga nomlangan. O‘tgan asrning to‘qsoninchi yillarigacha Fuzuliy tumanida sanoat va qishloq xo‘jaligi rivojlangan. Bu yerda kutubxonalar, madaniyat uylari, muzeylar, teatrlar, bog‘lar va boshqa madaniy ob’yektlar faoliyat yuritgan.

2020 yilda Fuzuliy tumani va shahrida keng ko‘lamli tiklanish ishlari boshlandi. Shaharda xalqaro aeroport, zamonaviy turar-joy majmuasi, tibbiyot va ta’lim muassasalari qurib bitkazildi. Fuzuliyni tiklash ishlarini 2026 yilgacha yakunlash rejalashtirilgan.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Prezident rafiqasi bilan Fuzuliy shahriga bordi (foto)