date
views 916

Rossiyada bortida Prigojin bo‘lgan samolyot qulab tushdi

Rossiyada bortida Prigojin bo‘lgan samolyot qulab tushdi

Rossiyaning Tver viloyatida “Vagner” rahbari Yevgeniy Prigojinga tegishli samolyot qulab tushdi. “Vagner”ga yaqin Telegram kanallari u urib tushirilganini da’vo qilmoqda. Bortda Prigojinning o‘zi ham bo‘lgani aytilmoqda.

Embraer Legacy biznes-jeti Moskvadan Sankt-Peterburgga uchayotgan bo‘lgan. Samolyot bortida 10 kishi, jumladan 3 nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan. Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi hodisa oqibatida 10 kishi halok bo‘lganini yozmoqda.

“Vagner” kampaniyasiga aloqador Gray Zone Telegram kanali Embraer biznes-jeti havo hujumidan mudofaa tizimi tomonidan urib tushirilganini da’vo qilmoqda.

“Yevgeniy Prigojinga tegishli bo‘lgan RA-02795 davlat raqami bo‘lgan Embraer Legacy 600 biznes-jeti Rossiya Mudofaa vazirligining Tver viloyatining Bologovskiy tumanida havo hujumidan mudofaa tizimi o‘qqa tutilishi oqibatida urib tushirildi. Samolyot halokatga uchragunga qadar mahalliy aholi ikkita portlashni tingladi, buni osmondagi izlar va guvohlar bevosita tasdiqlaydi.

“Rosaviatsiya”ga ko‘ra, Tver viloyatida halokatga uchragan samolyot yo‘lovchilari ro‘yxatida Yevgeniy Prigojin ham bo‘lgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyada bortida Prigojin bo‘lgan samolyot qulab tushdi