date
views 478

Muftiy rossiyaliklarni ko‘proq farzand ko‘rishga chaqirdi

Muftiy rossiyaliklarni ko‘proq farzand ko‘rishga chaqirdi

Rossiya Federatsiyasi musulmonlari diniy boshqarmasi raisi o‘rinbosari Rushan Abbyasov «qashshoqlikdan qo‘rqmasdan» demografik holatni yaxshilash zarurligini aytdi. Bu haqda u RIA «Novosti»ga ma’lum qildi.

Uning fikricha, bolalar tug‘ilishi bilan «Yaratgan oilaga ko‘proq inoyat beradi», shuning uchun odamlar oilaning ko‘payishi qashshoqlikka olib kelishidan qo‘rqmasligingiz kerak.

«Yangi farzandning paydo bo‘lishi bilan Rabbiy oilaga ko‘proq inoyat beradi, yangi imkoniyatlar ochadi va bu Uning odamlarga cheksiz mehr-shafqatining namoyon bo‘lishidan biridir», dedi u.

Eslatib o‘tamiz, so‘nggi vaqtlarda Rossiyada aholi kamayishi tendensiyasi kuchaymoqda. Jumladan, Rossiya rahbari matbuot kotibi bu og‘ir ahvol deya ta’kidlagandi.

2022 yil iyun oyida Putin ham Rossiya o‘ta og‘ir demografik vaziyatni boshidan kechirayotganini aytgandi. Unga ko‘ra, 2022 yil aprel oyida Rossiyada 100 mingdan kam bola tug‘ilgan, bu 2020 yil apreliga nisbatan deyarli 13 foizga kam.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Muftiy rossiyaliklarni ko‘proq farzand ko‘rishga chaqirdi