date
views 473

“Chiroyli yigit” — Bayden Trampning qamoqxonadagi suratini masxara qildi

“Chiroyli yigit” — Bayden Trampning qamoqxonadagi suratini masxara qildi

Foto: Fulton County Sheriff's Office

AQSH prezidenti Jo Bayden raqibi, sobiq prezident Donald Trampning qamoqxonadagi suratini masxara qildi.

The Hill nashrining yozishicha, jurnalistlar Amerika yetakchisidan Trampning politsiya idorasida suratga olingan suratini qanday izohlashi haqida so‘rashgan. Bayden bu savolga hazil bilan javob berdi.

Men uni televizorda ko‘rdim. Chiroyli yigit”, — dedi Bayden.

Avvalroq Donald Tramp AQSH prezidentlari orasida mahbus sifatida suratga tushirilgan birinchi shaxs bo‘lgani haqida xabar berilgandi. Shuningdek, Trampning o‘g‘li otasining qamoqxonadagi fotosurati aks etgan buyumlarning sotuvini boshlagani ham ma’lum qilingan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » “Chiroyli yigit” — Bayden Trampning qamoqxonadagi suratini masxara qildi