date
views 526

Ukrainada urushning 549-kuni: Pozitsiyani mustahkamlayotgan rus artilleriyachilari va ozod etilgan Rabotinedan ilk kadrlar

Ukrainada urushning 549-kuni: Pozitsiyani mustahkamlayotgan rus artilleriyachilari va ozod etilgan Rabotinedan ilk kadrlar

Ukrainada urushning 549-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • RF mudofaa vazirligi ukrainlar droni Moskvaga hujum qilishga uringani haqida xabar berdi. Dron havo hujumidan mudofaa kuchlari tomonidan urib tushirilgan.
  • Belgorod oblasti rasmiylari ukrain qo‘shini chegara hududidagi posyolkani kassetali o‘q-dorila bilan o‘qqa tutgani haqida xabar qildi. Olti kishi yaralangan.
  • Jitomir hududida harbiy topshiriq vaqtida ukrainlarning ikki samolyoti to‘qnashib ketgan. Uch uchuvchi halok bo‘lgan, ular orasida — «Jus» laqabli Andrey Pilshchikov ham bor. U urushning ilk kunlarida Kiyev mudofaasida qatnashgandi.
  • The Guardian: Zalujniy Ukraina-Polsha chegarasida NATOning yuqori martabali mulozimlari bilan uchrashganidan keyin, Ukraina QK taktikani o‘zgartirdi.
  • Belgorod oblastining chegara hududidagi Shchetinovka qishlog‘iga dron hujumi oqibatida tinch aholi vakillaridan biri halok bo‘ldi, deya ma’lum qilgan region gubernatori Vyacheslav Gladkov. Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina QK «o‘z dala hovlisida maysalarni o‘rayotgan kishi ustiga» drondan portlovchi qurilma tashlagan. 

Kinburn qumlog‘idagi rossiyalik artilleriyachilar

TASS Kinburn qumlog‘iga joylashtirilgan «Don» kazaklar razvedka-shturm brigadasi tarkibidagi «Aksay» bataloni jangchilari fotosuratlarini namoyish etdi — bu Dnipro-Bug qo‘ltig‘i hamda Qora dengiz oralig‘idagi Kinburn yarimorolining qumli uchastkasidir.

Rossiya qo‘shinlari bu hududni 2022 yil iyulida egallab olgandi. O‘sha yil noyabrida Mikolayiv oblasti ma’muriyati rahbari Vitaliy Kim Ukraina qurolli kuchlari regionning barcha hududlarini egallagani, faqat Kinburn qumlog‘ida rossiyalik harbiylar qolayotganini ma’lum qilgandi. 2023 yil 26 avgustida TASS RF bu uchastkadagi «o‘z pozitsiyalarini mustahkamlayotgani» haqida yozdi — harbiylar blindaj va boshqa istehkomlarni jihozlashmoqda. RF hukumati bu qumloqni Xerson oblastining anneksiya qilingan qismi tarkibiga kiritib yuborgan.

Kazaklarning «As Ventura» rok-guruhi yetakchisi — Sankt-Peterburgdan bo‘lgan musiqachi, frontda «Dym» chaqiruv belgisini olgan Ivan Andrianov — dala oshxonasida «Aksay» bataloni harbiylari uchun chalib bermoqda
«Mazay» laqabli harbiy dala oshxonasida tushlik tayyorlamoqda
«Otche» chaqiruv belgisiga ega avliyo Aleksandr Sorokin «Don» kazaklar razvedka-shturm brigadasida ko‘ngilli sifatida xizmat qilmoqda
«Dym» chaqiruv belgili Ivan Andrianov mudofaa istehkomi qurilishida
Rossiya harbiylari D-30 gaubitsasi bilan
Kinburn qumlog‘ida D-30 gaubitsasidan o‘t ochilishi

Donetsk o‘qqa tutilishidan keyin chiqqan yong‘in 

Donetskning Kuybishev rayonidagi turar joyda chiqqan yong‘in. «DXR» rasmiylari shahar Ukraina QK tomonidan o‘qqa tutilishi oqibatida tinch aholi vakillaridan ikki ayol jarohat olganini ma’lum qilgan

Kiyevdagi hayot 

Kiyevliklar avliyo Sergey Radonejskiy sharafiga nomlangan ibodatxona yaqinida Ukraina madhiyasini kuylashmoqda. U Moskva patriarxatining Ukraina pravoslav cherkoviga mansub. 2022 yil mayida Kiyevda Ukraina pravoslav cherkovi sobori (kengashi) bo‘lib o‘tib, unda cherkov Moskva patriarxatligidan to‘liq mustaqillik e’lon qilgandi. Shuningdek, Ukraina pravoslav cherkovi soborida amalda Rossiyaning Ukrainaga bosqinini qo‘llagan patriarx Kirillning pozitsiyasiga qo‘shilmasliklarini izhor etishgandi.
Pierre Crom / Getty Images
Bram Janssen / AP / Scanpix / LETA
Kiyevdagi bino derazalarini himoya qilish uchun olib kelingan qum to‘ldirilgan qoplar
Bram Janssen / AP / Scanpix / LETA

Ozod etilgan Rabotinedan ilk kadrlar

Hafta o‘rtalarida ukrain qo‘shini Zaporijjya oblastining Rabotine qishlog‘ini shturm qilib ozod etdi, Tokmak shahridan 40 kilometr shimolda joylashgan bu qishloq RF qurolli kuchlarining mustahkam istehkomi va Rossiya armiyasi mudofaasining tayanch nuqtalaridan biriga aylantirilgandi. Hududni qaytarib olish davomida Ukraina qurolli kuchlari katta yo‘qotishlarga uchragan. Sun’iy yo‘ldoshdan olingan tasvirlarga ko‘ra, rossiyaliklar bir necha kilometr janubroqda — Sladkoy Balki va Novoprokopovki hududida yangi oraliq mudofaa chizig‘ini tayyorlamoqda.

Rabotinega kirayotgan ukrain tanklari
Viacheslav Ratynskyi / Reuters / Scanpix / LETA
Rabotine keng ko‘lamli bosqinning dastlabki davrida, 2022 yil martida Rossiya qo‘shini tomonidan egallab olingandi. Bu yerda urushgacha 500 ga yaqin kishi yashagan.
Viacheslav Ratynskyi / Reuters / Scanpix / LETA
Yakson etilgan tank yonidagi ukrain harbiysi
Viacheslav Ratynskyi / Reuters / Scanpix / LETA
Ukraina QK dron operatori
Viacheslav Ratynskyi / Reuters / Scanpix / LETA

Moskvada harbiy propaganda

Moskvaliklarning kundalik hayoti Ukrainaga qarshi urushni qo‘llab-quvvatlovchi plakatlar va armiyaga qo‘shilishga chaqiruvlar fonida davom etmoqda. Avvalgidek, qo‘shni davlatga tajovuzni oqlash uchun Ulug‘ Vatan urushi shiorlari va uslubi qo‘llanmoqda. Masalan, Vyacheslav Molotov Hitler Germaniyasi qo‘shinlari SSSRga bostirib kirganida sovet xalqlariga yo‘llagan radiomurojaati yakunidagi «Pobeda budet za nami» (G‘alaba bizniki bo‘ladi) iborasi.

Yuriy Kochetkov / EPA / Scanpix / LETA
Yuriy Kochetkov / EPA / Scanpix / LETA
Yuriy Kochetkov / EPA / Scanpix / LETA


Manba: Kun.uz

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ukrainada urushning 549-kuni: Pozitsiyani mustahkamlayotgan rus artilleriyachilari va ozod etilgan Rabotinedan ilk kadrlar