date
views 127

Qirg‘izistonda TikTok'ni bloklashga qaror qilindi

Qirg‘izistonda TikTok'ni bloklashga qaror qilindi

Foto: “24.kg”

Qirg‘iziston Madaniyat vazirligi mamlakatda TikTok'ni bloklashga qaror qildi. Bunga “TikTok ijtimoiy tarmog‘ining bolalar aqliy rivojlanishi va sog‘lig‘iga salbiy ta’siri haqidagi xavotirlar” sabab bo‘lgan.

Qayd etilishicha, ijtimoiy tarmoqning bolalarga zarari haqida nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan ko‘plab murojaatlar kelib tushgan. Xavotirlarga ko‘ra, TikTok “o‘z foydalanuvchilarini qisqa roliklarning virtual olamiga tortadi, ularni ko‘rgandan so‘ng o‘smirlar ma’lum videolarni takrorlashga urinadi, ularning ba’zilari hayot uchun xavfli”.

“Ko‘plab murojaatlarni inobatga olgan holda va o‘tkazilgan monitoring asosida Madaniyat, axborot, sport va yoshlar siyosati vazirligi Qirg‘iziston respublikasi hududida TikTok servisini to‘xtatishga qaror qildi”, — deyiladi vazirlik xabarida.

Qaror keyingi ijro uchun Raqamli rivojlanish vazirligiga yuboriladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qirg‘izistonda TikTok'ni bloklashga qaror qilindi
-->