date
views 474

Iroq davlati halokatli muammo qarshisida qoldi

Iroq davlati halokatli muammo qarshisida qoldi

Iroq suv vazirligi maslahatchisi Haha Daraa mamlakatdagi suv zaxiralari davlat tarixidagi eng past darajaga yetganini aytdi. Bu haqda Iraq News Agency xabar bermoqda.

Unga ko‘ra, Iroq jiddiy suv tanqisligi yoqasida turibdi.

«Suv havzalari va to‘g‘onlardagi suv zaxiralari ko‘rsatkichlari Suv xo‘jaligi vazirligi tarixidagi eng past ko‘rsatkichdir», — deydi vazirlik maslahatchisi.

Bungacha Turkiyaning Istanbul shahri hukumati o‘tkir suv muammosi tufayli bog‘lar va maysazorlarni sug‘orish maqsadida shaharga suv berishni vaqtincha to‘xtatgandi.

Istanbulda 2014 yildan beri birinchi marta suv omborlarini to‘ldirish darajasi eng past darajaga tushgan. Shaharda uch oyga yetadigan suv zaxiralari qolgani aytilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Iroq davlati halokatli muammo qarshisida qoldi