Ikki xil ko‘zli koala

O‘tgan oyda Avstraliyaning Brisben shahri yaqinidagi avtomobil yo‘lidan o‘tayotgan yo‘lovchilar yo‘l chetida yotgan koalani ko‘rib qolishadi. Tekshirib ko‘rgach, uni mashina urib ketgan, deb tahmin qilib Avstraliya hayvonot bog‘i veterinariya shifoxonasiga olib kelishadi.
Koala kerakli muolajalardan keyin tuzalgach shifokorlar g‘alati holatga duch kelishdi. Koalaning ko‘zlari ikki hil, bitta ko‘zi havorang, ikkinchisi jigar rangida edi, deb xabar beradi segodnya.ua. Bu holat geteroxromiya, ya’ni ko‘proq uy mushuklari va itlarda uchraydigan mutasiya holati hisoblanadi. Koalalarda bu birinchi marta hujjatli geteroxromiya holati ekanligi ehtimoldan holi emas. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing