date
views 1 355

Rossiyada otboqar o‘zbek yigit 16 yoshli chavandoz qizni majburlab, O‘zbekistonga olib ketmoqchi bo‘ldi

Rossiyada otboqar o‘zbek yigit 16 yoshli chavandoz qizni majburlab, O‘zbekistonga olib ketmoqchi bo‘ldi

Foto: “Baza”

Kaliningradda O‘zbekiston fuqarosi 16 yoshli qizni o‘g‘irlab ketdi. “Baza” nashri xabariga ko‘ra, u qizni uyiga olib ketib, uylanmoqchi bo‘lgan.

Qayd etilishicha, 22 yoshli o‘zbekistonlik shahardagi “Imperial park” ot sporti klubida otboqar bo‘lib ishlagan.

U oila qurish vaqti keldi, deb o‘ylagan. Bundan tashqari, yigit uzoq vaqtdan beri klubdagi 16 yoshli chavandoz qizni yaxshi ko‘rardi. Keyin uni O‘zbekistondagi uyiga olib ketish fikri tug‘ilgan”, — deb ta’kidlaydi nashr.

29 avgust kuni kechqurun yigit voyaga yetmagan qizni ot sporti to‘garagidan chiqish joyida tutib olib, unga pichoq o‘qtalgan va o‘zi bilan birga aeroportga borishga majburlagan.

Qiz aeroport xodimlariga ogohlantiruvchi signal bergan, natijada migratsiya xizmati xodimlari O‘zbekiston fuqarosini qo‘lga olishga muvaffaq bo‘lgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyada otboqar o‘zbek yigit 16 yoshli chavandoz qizni majburlab, O‘zbekistonga olib ketmoqchi bo‘ldi