date
views 240

Polshada o‘qituvchilar ish haqini oshirishni talab qilib namoyishga chiqdi

Polshada o‘qituvchilar ish haqini oshirishni talab qilib namoyishga chiqdi

Foto: “Ria.ru”

Polsha o‘qituvchilari o‘quv yilining birinchi kuni Varshavadagi Milliy ta’lim vazirligi binosi yonida norozilik aksiyasiga yig‘ildi.

Aksiya Polsha o‘qituvchilari uyushmasi tomonidan tashkil etilgan bo‘lib, uning chaqirig‘i bilan juma kuni Shuxa ko‘chasida joylashgan kafedra binosi yonida Varshava hamda mamlakatning boshqa viloyatlaridan kelgan bir necha ming o‘qituvchilar yig‘ildi.

Namoyishchilarning asosiy talabi — mamlakatdagi eng past maoshlardan biri bo‘lgan o‘qituvchilar ish haqini oshirish. Ular o‘zlari bilan olib kelgan plakatlarda “Och qolgan o‘qituvchi hech narsa o‘rgatmaydi”, “O‘qituvchilar kambag‘al, chunki (hukmron partiya raisi Yaroslav) Kachinskiyning farzandi yo‘q”, “Pullarimiz qani?” deb yozilgan.

“Bizda rekord darajadagi inflyatsiya va ta’lim sohasida rekord darajada past maoshlar mavjud. Bugungi kunda o‘qituvchining maoshi eng kam ish haqidan atigi 90 zlotiy yuqori, o‘qish va ish sharoitlari yomonlashmoqda, o‘qituvchilar yetishmaydi. Vaqt o‘tgan sari bundan ham yomon bo‘ladi. Chunki hozirgi o‘qituvchilar qarib qolgan”, deyiladi tashkilotchilar bayonotida.

Polsha o‘qituvchilar uyushmasi ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda mamlakatda 18 ming nafar maktab o‘qituvchisi yetishmaydi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Polshada o‘qituvchilar ish haqini oshirishni talab qilib namoyishga chiqdi