date
views 455

Putin Rossiya va O‘zbekiston munosabatlarining rivojlanishi haqida gapirdi

Putin Rossiya va O‘zbekiston munosabatlarining rivojlanishi haqida gapirdi

Foto: RIA Novosti

Vladimir Putin O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevni Mustaqillik kuni bilan tabrikladi.

Rossiya rahbari o‘z qutlovida ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar muvaffaqiyatli rivojlanayotganini ta’kidladi.

«Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi munosabatlar strategik sheriklik va ittifoqchilik ruhida muvaffaqiyatli rivojlanmoqda. Moskva va Toshkentning MDH, SHHT, BMT va boshqa ko‘p tomonlama tuzilmalardagi hamkorligi yaxshi samara bermoqda.

Birgalikdagi sa’y-harakatlar bilan konstruktiv ikki tomonlama aloqalarni barcha sohalarda, do‘st xalqlarimiz farovonligi uchun, mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlash yo‘lida bundan buyon ham izchil rivojlantirib borishimizga ishonaman», deyiladi tabrik maktubida.

Shu bilan birga, Putin o‘zbekistonlik hamkasbiga «mustahkam sog‘lik va muvaffaqiyatlar», O‘zbekistonning barcha fuqarolariga esa «tinchlik-osoyishtalik va ravnaq» tiladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Putin Rossiya va O‘zbekiston munosabatlarining rivojlanishi haqida gapirdi