Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov respublikaning 20-30 yillik kelajagini oldindan ko‘ra bilish qobiliyatiga ega ekanligini aytdi. Bu haqda u «Kabar» axborot agentligiga bergan intervyusida gapirdi.
«Men maqtanmayman, lekin 20-30 yil oldin mamlakatda nima bo‘lishini va u qanday rivojlanishini oldindan ko‘ra olaman. Odatda prognozlarim to‘g‘ri keladi. Bu (qobiliyat) menga yuqoridan berilgandir», deydi u.
Uning so‘zlariga ko‘ra, «faqat nima bo‘layotganiga qarab, kelajak haqida xulosa chiqarish mumkin».
«Maqsadlarimizga albatta erishamiz. Buning uchun har birimiz kechayu kunduz uzluksiz ishlashimiz kerak», qayd etadi Sadir Japarov.
Japarov 2021 yil 28 yanvardan buyon Qirg‘iziston prezidenti hisoblanadi.
Sadir JaparovQirg‘iziston PrezidentiKelajakni Bashorat QilishMamlakat RivojlanishiPrognozlar To‘g‘riMaqsadlarga ErishishUzluksiz Ishlash O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar