date
views 1 006

Rossiya qo‘shinlari minalangan maydonlarga o‘t qo‘yishni boshladi

Illustrativ foto: Telegraf

Rossiya qo‘shinlari Zaporojye viloyatida Ukraina Qurolli kuchlarining qarshi hujumini to‘xtatish uchun yangi taktikaga o‘tdi. Ular minalangan dalalarga o‘t qo‘yishni boshladi. Bu haqda The New York Times Ukraina harbiylariga tayanib xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, rossiyaliklar minalangan maydonlar joylashgan hududlarga tez yonuvchi suyuqliklarni sepib chiqyapti. Minalarni tozalashga urinish bo‘lsa, ular dronlardan granatalar tashlab, “yong‘in va portlashlar dengizini hosil qilmoqda”.

Ukraina dengiz piyodalarining aytishicha, Rossiya pozitsiyalari minalangan maydonlar va okoplar bilan mustahkamlangan.

Qayd etilishicha, Ukraina Qurolli kuchlari har bir uy uchun kurashishga majbur. Shu bilan birga, ushbu hujumning harakatlantiruvchi kuchi sakkizdan o‘n nafargacha askardan iborat yuzlab kichik hujum guruhlari hisoblanadi. Ushbu guruhlarning har biri alohida vazifalarga ega: okoplar, o‘rmon kamarlari yoki uylarga hujum qilish kabi.

“Bu urush olib borishning qiyin usuli — qishloqma-qishloq, uyma-uy — muvaffaqiyatga kafolat yo‘q. Biroq butun qolgan rus istehkomlari ukrainaliklar uchun keyingi qadamlarini rejalashtirishga baza bo‘lib xizmat qiladi”, — deb yozgan NYT.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiya qo‘shinlari minalangan maydonlarga o‘t qo‘yishni boshladi