
Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan Rossiyani Qorabog‘ aholisi xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarmayotganlikda aybladi. Bu haqda Deutsche Welle xabar berdi.
Armaniston, Ozarbayjon va Rossiya o‘rtasida 2020-yilda harbiy harakatlar tugaganidan keyin tuzilgan kelishuvlarga ko‘ra, rossiyalik tinchlikparvar kuchlar Lochin yo‘lagini nazorat qilishi kerak. Ammo Pashinyanga ko‘ra, bu amalga oshmayapti.
Pashinyanning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya G‘arb davlatlarini Armaniston hukumatini hududdan “Rossiyani siqib chiqarishga qaratilgan chora-tadbirlarni ko‘rishga” undayotganlikda ayblaydi, lekin aslida “Rossiyaning o‘zi hududni tark etmoqda”.
Armaniston bosh vaziri, “bir kun kelib uyg‘onganimizda, Rossiya bu yerda yo‘qligini ko‘ramiz”, degan fikrni ilgari surdi. Shuningdek, u mamlakatning xavfsizlik sohasida Rossiyaga qaramligini strategik xato deb atadi.