date
views 92

Indoneziya xorijiy investorlarni jalb qilish uchun “oltin viza” joriy qiladi

Indoneziya xorijiy investorlarni jalb qilish uchun “oltin viza” joriy qiladi

Foto: Google Images

Indoneziya milliy iqtisodiyotni rag‘batlantirish uchun xorijiy jismoniy va korporativ investorlarni jalb qilish maqsadida “oltin vizalar” tizimini joriy qilmoqda. Bu haqda mamlakatning Adliya va inson huquqlari vazirligi ma’lum qildi.

“Oltin viza 5 yildan 10 yilgacha uzoq muddatga yashash uchun ruxsatnoma beradi”, — dedi immigratsiya xizmati rahbari Silmi Karima.

Besh yillik viza uchun yakka tartibdagi investorlar 2,5 million AQSH dollarilik kompaniya ochishlari kerak, o‘n yillik viza uchun esa 5 million AQSH dollari miqdorida sarmoya talab etiladi.

Korporativ investorlar direktorlar uchun mo‘ljallangan besh yillik vizani olish uchun 25 million AQSH dollari miqdorida sarmoya kiritishlari kerak. O‘n yillik viza olish uchun ular ikki barobar ko‘p, ya’ni 50 million dollar sarmoya kiritish zarur bo‘ladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Indoneziya xorijiy investorlarni jalb qilish uchun “oltin viza” joriy qiladi