Janubiy Koreyada hamkasblarining o‘limi ortidan 120 ming o‘qituvchi namoyishga chiqdi

Janubiy Koreyada hamkasblarining o‘limi ortidan 120 ming o‘qituvchi namoyishga chiqdi
Janubiy Koreyada hamkasblarining o‘limi ortidan 120 ming o‘qituvchi namoyishga chiqdi
Foto: Yonhap

Janubiy Koreyada 4 sentabr kuni 120 mingga yaqin maktab o‘qituvchilari butun mamlakat bo‘ylab keng ko‘lamli mitinglar o‘tkazdi, birgina Seulda 50 mingga yaqin o‘qituvchi to‘planib, norozilik namoyishiga chiqdi.

Reuters xabariga ko‘ra, ushbu aksiya 2-sentabr kuni Milliy assambleya binosi yaqinida 200 mingga yaqin o‘qituvchilar ishtirokidagi mitingning davomi bo‘lgan. Har ikki aksiya ishtirokchilari hukumatdan ularning huquqlarini himoya qilishni talab qilmoqda. Ushbu keng ko‘lamli norozilik namoyishlaridan oldin o‘quvchilarning ota-onalari tomonidan ruhiy tazyiqqa dosh berolmagan o‘qituvchilardan bir nechtasi o‘z joniga qasd qilgan.

Janubiy Koreyada hamkasblarining o‘limi ortidan 120 ming o‘qituvchi namoyishga chiqdi
Foto: Yonhap

Umuman olganda so‘nggi olti yil ichida Janubiy Koreyada 100 dan ortiq davlat maktablari o‘qituvchilari o‘z joniga qasd qilgan, ularning yarmidan sal ko‘pi quyi sinflarda ishlagan. Oxirgi marta iyul oyida boshlang‘ich sinfga dars beradigan yoshgina o‘qituvchi, avgust oxirida esa yana ikki o‘qituvchining o‘z joniga qasd qilishi holatlari kuzatilgan.

Janubiy Koreyada hamkasblarining o‘limi ortidan 120 ming o‘qituvchi namoyishga chiqdi
Foto: Yonhap

Ularning barchasi, hamkasblari va qarindoshlari bilan muloqotda, o‘qituvchini tom ma’noda hamma narsada ayblagan ota-onalarning bosimidan shikoyat qilib kelgan. Qayd etilishicha, janubiy koreyalik ota-onalar o‘qituvchilarni bolalarga zo‘ravonlik qilishda ayblaydi, ularga noreal talablar qo‘yadi, tahdid qiladi, kunning istalgan vaqtida da’vo bilan qo‘ng‘iroq qiladi.

Janubiy Koreyada hamkasblarining o‘limi ortidan 120 ming o‘qituvchi namoyishga chiqdi
Foto: Yonhap
Janubiy Koreyada hamkasblarining o‘limi ortidan 120 ming o‘qituvchi namoyishga chiqdi
Foto: Yonhap
Janubiy Koreyada hamkasblarining o‘limi ortidan 120 ming o‘qituvchi namoyishga chiqdi
Foto: Yonhap

Mitingda ishtirok etayotgan o‘qituvchilar ishga kelmagani bois, butun mamlakat bo‘ylab ko‘plab maktablarda darslar bekor qilingan.

Janubiy Koreya Ta’lim vazirligi o‘qituvchilarning jamoaviy ish tashlashi qonunga zid ekani va o‘qituvchilar va direktorlarning ishdan bo‘shatilishi yoki hatto jinoiy javobgarlikka olib kelishi mumkinligidan ogohlantirdi, biroq ayni paytda o‘qituvchilarning ahvolini yaxshilash choralarini ko‘rishga va’da berdi. Xususan, rasmiylar o‘qituvchilarni ota-onalarning nohaq ayblovlaridan va shaxsiy telefonlarga qo‘ng‘iroqlardan himoya qilishga va’da bermoqda.

“Bolalarga nisbatan zo‘ravonlik haqida asossiz da’volar soni ortib bormoqda, o‘quvchilarning huquqlariga har tomonlama e’tibor qilinib, o‘qituvchilarning huquqlari behurmat qilmoqda”, — deyiladi vazirlik bayonotida.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar