date
views 134

Qozog‘istonda amaldorlarga deklaratsiya topshirish uchun bir hafta muhlat berildi

Foto: Almaty

Qozog‘iston amaldorlari va ularning yaqinlariga deklaratsiya taqdim etishi uchun bir hafta muhlat berildi. Bu haqda KazTAG xabar berdi.

Mazkur deklaratsiya davlat organlari va kvazidavlat sektori subyektlari xodimlari, shu jumladan, direktorlar kengashi a’zolari, shuningdek, ularning turmush o‘rtoqlari tomonidan taqdim etiladi. Bu 2023-yildagi umumiy deklaratsiyaning ikkinchi bosqichi hisoblanadi.

Ta’kidlanishicha, deklaratsiya quyidagi yo‘llar orqali topshirilishi mumkin:

  • “Soliq to‘lovchilar idorasida” — cabinet.salyk.kz;
  • Elektron hukumat portalida — egov.kz;
  • Mobil ilovalarda — e-SalyqAzamat, eGovmobile, Halyk Bank.
“Deklaratsiyani o‘z vaqtida topshirishga vaqt toping!” — deydi Iqtisodiyot vazirligining Davlat daromadlari qo‘mitasi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qozog‘istonda amaldorlarga deklaratsiya topshirish uchun bir hafta muhlat berildi