Nissa shahri tarixidagi eng fojeali kun

Fransiyada bo‘lib o‘tgan terrorchilik harakati vaqtida halok bo‘lganlarga mamlakat bo‘ylab 3 kunlik motam e’lon qilindi.
Fransiya prezidenti Fransua Olland bu holatni "terroristik hujum" deb atadi.
Kecha, 14 iyul kuni Fransiyaning Nissa shahrida noma’lum shaxs tomonidan mushakbozlikni tomosha qilish uchun ingliz qirg‘og‘iga yig‘ilgan odamlarni yuk mashinasi urib ketgan. Natijada 80 dan oshiq kishining hayotiga zomin bo‘lgan, deya xabar beradi TASS axborot agentligi.
Hozircha mazkur voqea yuzasidan turli fikrlar bildirilmoqda.
Oq rangli yuk mashinasi ingliz qirg‘og‘i yaqinida bayramni nishonlash uchun to‘plangan odamlar ustiga yurib yuborgan. U odamlarni 2 kmgacha sudrab ketgan. Shuningdek yuk mashinasidan haloyiqqa qarab o‘q uzilgan. Polisiya bilan yuk mashinasidagi odamlar o‘rtasida otishuv ham bo‘lib o‘tgan.
80 dan oshiq odam halok bo‘lgan. 100 yaqin kishi yaralangan. 50 dan ortiq odam og‘ir turda yaralangan, shundan 20 kishi o‘lim to‘shagida.
Polisiyaning norasmiy ma’lumotlariga qaraganda butun boshli oilalar nobud bo‘lgan. Bayram vaqti bo‘lganligi sababli halok bo‘lganlarning ko‘pchiligini yosh bolalar tashkil qiladi.
Shahar ahli bo‘lib o‘tgan voqeadan so‘ng qattiq vahimaga tushgan. Hozirda Fransiyada favqulodda holat yana 3 oy davom etadi.
Yuk mashinasidan topilgan buyumlardagi barmoq izlari va hujjatlar 31 yoshli erkakka tegishli bo‘lib chiqdi. Fransuz jinoyat-qidiruv xodimlari mashina haydovchisining shaxsini aniqladilar. Hozircha uning ismi oshkor qilinmayapti. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing