date

Qozog‘istonda 20 yoshli yigit guruh hujumida o‘ldirildi

Qozog‘istonda 20 yoshli yigit guruh hujumida o‘ldirildi

Qozog‘istonning Talg'ar tumani Guldala qishlog‘ida joylashgan restoranlardan birida 20 yoshli yigitning fojeali o‘limi bilan bog‘liq jinoyat sodir etildi. Bu haqda mahalliy nashrlar xabar berdi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 12 aprel kuni yoshlar o‘rtasida kelib chiqqan janjal tez orada keskin tus olib, ommaviy to‘qnashuvga aylangan. Oqibatda 10 nafardan ortiq erkaklar yigitga pichoq bilan hujum qilib, uni og‘ir jarohatlashgan. Jabrlanuvchi olgan tan jarohatlari tufayli voqea joyida hayotdan ko‘z yumgan.

Marhumning yaqinlari ushbu hodisani oldindan rejalashtirilgan guruh hujumi sifatida baholab, voqea yuzasidan yetarli choralar ko‘rilmayotganidan norozi ekanini bildirgan. Ularning ta’kidlashicha, hodisaga oid videoyozuvlar va ko‘plab guvohlar mavjud bo‘lsa-da, hozircha faqat bitta shaxs qamoqqa olingan.

Holat yuzasidan huquq-tartibot organlari tomonidan ikki jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tezkor tadbirlar davomida 20 yoshli asosiy gumondor qo‘lga olingan, yana uch nafar shaxs bezorilikda ayblanmoqda. Ulardan ikki nafari sud qarori bilan uy qamog‘iga o‘tkazilgan.

Ayni paytda tergov harakatlari davom etmoqda. Rasmiylarga ko‘ra, voqeaning barcha tafsilotlarini to‘liq va xolis o‘rganish uchun zarur choralar ko‘rilmoqda, ish esa mutasaddi rahbariyat nazoratiga olingan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Qozog‘istonda 20 yoshli yigit guruh hujumida o‘ldirildi