date
views 680

Braziliya prezidenti Putinni hibsga olishdan bosh tortdi

Braziliya prezidenti Putinni hibsga olishdan bosh tortdi

Foto: Reuters

Braziliya prezidenti Luis Lula da Silva rossiyalik hamkasbi Vladimir Putinni kelasi yili Rio-de-Janeyroda bo‘lib o‘tadigan G20 yig‘ilishida ishtirok etsa, hibsga olmasligini aytdi. Bu haqda Reuters xabar berdi.

Siyosatchi Dehlidagi G20 yig‘ilishi chog‘ida bergan intervyusida tegishli fikrni ilgari surgan. U Rossiya prezidenti 2024 yilgi tadbirga taklif qilinishini aytgan.

Putinning Braziliyaga bemalol kelishiga ishonaman. Sizga shuni aytishim mumkinki, agar men Braziliya prezidenti bo‘lsam va u Braziliyaga kelsa, hech qanday holatda hibsga olinmaydi”, — dedi Lula.

Eslatib o‘tamiz, Xalqaro jinoiy sud 2023 yil mart oyida Putinni urush paytida yuzlab bolalarni Ukrainadan noqonuniy ravishda deportatsiya qilishda ayblab, hibsga olishga order bergandi. Endi Xalqaro jinoiy sudning Rim statutini ratifikatsiya qilgan davlatlar Putin ularning hududiga qadam bossa, hibsga olishi kerak.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Braziliya prezidenti Putinni hibsga olishdan bosh tortdi
-->