MRB sobiq direktori: “Tramp AQSH prezidenti bo‘lsa, bu Putinga qo‘l keladi”

1 daqiqa o'qish392
MRB sobiq direktori: “Tramp AQSH prezidenti bo‘lsa, bu Putinga qo‘l keladi”

Foto: Reuters

Rossiya prezidenti Vladimir Putin uchun Donald Trampning 2024 yilgi AQSH prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozonishi juda muhim. Markaziy razvedka boshqarmasi sobiq direktori Jon Brennan MSNBC telekanaliga bergan intervyusida shunday fikr bildirdi.

Barak Obama davrida MRBni boshqargan Brennan Trampning g‘alabasi Ukrainaga qarshi urushda Rossiyaga foyda keltirishini ta’kidladi.

“Putin uchun Donald Trampning saylovda g‘alaba qozonishi mutlaqo muhim, deb o‘ylayman. Putin va Tramp bir-biriga xushomad qilib, o‘zaro manfaatlari uchun harakat qiladi”, — dedi Brennan.

Shu bilan birga, MRB sobiq rahbari Trampning Oq uyga qaytishi nafaqat Ukraina, balki G‘arb uchun ham nomaqbul bo‘lishiga ishonch bildirdi.

“Agar Tramp Oq uyga qaytib kela olsa... Putin bilan hamkorlik qilishi, u bilan hamfikr bo‘lishi mumkin, bu, albatta, AQSH manfaatlariga va, umuman, G‘arb manfaatlariga zarar keltiradi”, — deydi Brennan.

AQSH sobiq prezidenti Donald Tramp agar u prezident bo‘lsa, Ukrainadagi urushni atigi bir kunda tugatish bo‘yicha muzokara olib borishini bir necha bor ta’kidlagan. Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov tegishli fikr haqiqatdan uzoq emasligini aytgan. Peskov Amerikaning hozirgi prezidentida bunday imkoniyat borligini, lekin u Ukrainaga qurol yetkazib berishni tanlaganini ta’kidlagan.

Yaqinda Putin 2024 yilgi saylovlarda Donald Trampning g‘alaba qozonishi AQSH bilan munosabatlarni o‘zgartirmasligini aytdi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?