date
views 593

Insoniyat sayyorani halokatdan ajratib turuvchi to‘qqizta chegaradan oltitasini bosib o‘tdi

Insoniyat sayyorani halokatdan ajratib turuvchi to‘qqizta chegaradan oltitasini bosib o‘tdi

Shvetsiyalik olimlar tadqiqot o‘tkazdilar va insoniyat to‘qqizta sayyora «ishchi makon» chegarasidan oltitasini kesib o‘tganini aniqladilar, deb xabar bermoqda aif.ru nashri.

Sayyora chegaralari 14 yil oldin o‘rnatilgan. Chegara dunyoni sayyoraga qaytarilmas zarar yetkazishdan ajratib turadi. Buzib o‘tilgan chegaralarga iqlim o‘zgarishi, biologik xilma-xillikning yo‘qolishi, fosfor, azot va boshqa elementlarning madaniy don ekinlari va boshqa ekotizimlarga qo‘shilishi, o‘rmonlarning kesilishi, landshaft o‘zgarishlari, shuningdek, iqlim va iqlimga ta’sir qiluvchi aerozollarning atmosferaga chiqishi kiradi.

Ekolog olimlar insonning atrof-muhitga halokatli ta’siri haqida xavotir bildirmoqda. Tabiatga antropogen aralashuvning oqibatlari global isish va sayyoradagi biologik xilma-xillikning yo‘qolishiga olib keladi. Insoniyatning tur sifatida omon qolishi uchun halokatli xavflar tez ortib bormoqda.

«Oltita chegarani kesib o‘tish falokat sodir bo‘lishini anglatmaydi, ammo bu aniq ogohlantiruvchi signaldir», deyiladi  Science Advances jurnalida chop etilgan tadqiqotda.

Oltita qizil chiziqni kesib o‘tish insoniyatni nafaqat o‘ylashga, balki o‘zini va sayyorani qutqarish uchun shoshilinch choralar ko‘rishga majbur qilishi kerak.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Insoniyat sayyorani halokatdan ajratib turuvchi to‘qqizta chegaradan oltitasini bosib o‘tdi