date
views 126

Ukrainada Xalqaro jinoyat sudining dala ofisi ochildi

Ukrainada Xalqaro jinoyat sudining dala ofisi ochildi
Foto: Ukraina Bosh prokuraturasi

Kiyevda Xalqaro jinoyat sudining dala ofisi ochildi, deb xabar berdi Ukraina Bosh prokuraturasi.

«Bu hamkorligimizning yangi bobidir. Ofis ishi Ukraina va Xalqaro jinoyat sudi o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga yordam beradi. Bu Rossiyaning Ukraina va ukrainaliklarga qarshi har kuni sodir etayotgan jinoyatlariga javob berish samaradorligi va tezligini oshiradi», dedi Ukraina bosh prokurori Andrey Kostin.

Ukraina Bosh prokuraturasi xabariga ko‘ra, Xalqaro jinoyat sudining Kiyevdagi dala ofisi sudning Haagadan tashqaridagi eng yirik vakolatxonasi hisoblanadi.

2023 yil mart oyida Xalqaro jinoyat sudi Rossiya prezidenti Vladimir Putin va bolalar ombudsmani Mariya Lvova-Belovani bolalarni Ukrainadan noqonuniy deportatsiya qilishda ayblab, hibsga olish haqida order bergan edi.

Iyul oyida Haagada Rossiyaning Ukrainaga bosqinini tergov qilish xalqaro markazi ish boshladi. Uning tarkibiga Ukraina, Yevropa Ittifoqi, AQSH va Xalqaro jinoyat sudi prokurorlari kirdi. Yevropa Ittifoqi markazning tashkil etilishini maxsus tribunal yaratish yo‘lidagi birinchi qadam deb atadi, chunki markaz tomonidan to‘plangan materiallar Ukrainaga qarshi bosqinchilik bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atish uchun asos bo‘ladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ukrainada Xalqaro jinoyat sudining dala ofisi ochildi