date
views 459

Tokioni dunyodagi eng qimmat shaharga aylantirgan o‘qituvchi hikoyasi

Tokioni dunyodagi eng qimmat shaharga aylantirgan o‘qituvchi hikoyasi

Foto: “Noviy ochag”

Oilaviy biznes

Taykichiro Mori 1904-yil 1-martda Tokioda tug‘ilgan. Uning oilasi kambag‘al emasdi. Bolaning ajdodlarining bir nechasi guruch sotish bilan shug‘ullangan. Bundan tashqari, Morining ota-onasi tamaki ham sotgan.

O‘qish va fan

1928-yilda yigit Tokio savdo kolleji – hozirgi Xitotsubashi universitetini tugatgan. Taykichiro tezda ilmiy izlanishni boshladi. Bitirganidan atigi 4 yil o‘tgach, u Kioto Texnologiya institutining professori bo‘ldi va uni Yokogama Siti universitetiga o‘qituvchilikka taklif qilishdi. 1946-yildan Yokogama universitetida ishlashni boshlagan, 1954-yilda savdo bo‘limi dekani bo‘lgan.

Ikki bino – biznesning boshlanishi

Shunday qilib, 1959-yilda, 55 yoshida, Taykichiro Mori o‘z biznesini to‘liq boshlash uchun Mori Building qurilish kompaniyasini tashkil qilib, akademiyani tark etdi. U karyerasini noldan boshlamadi. Professor otasidan ikkita binoni meros qilib olgandi. Taykichiro bu kapitalni shunchaki ko‘paytirmadi – tom ma’noda iqtisodiy mo‘jiza yaratdi.

U o‘z biznesini nimaga qurdi?

Muvaffaqiyatli biznes-loyiha – juda hayajonli hikoya. Taykichiro merosdan juda oqilona foydalangan. U kapitalni zamonaviy qurilgan ofislar, savdo markazlari va turar joylarga aylantirish uchun Tokiodan katta yerlar sotib oldi.

Shahar ichida shahar

O‘sha paytda Tokio Ikkinchi Jahon urushi qoldirgan vayronagarchilik va zilzilalardan hali to‘liq tiklanmagan edi. Qolaversa, Yaponiya poytaxtida eskirgan, ko‘pincha yog‘och, buzilib ketishiga oz qolgan uylar hali ham turar edi.

Mori aynan shunday joylarga e’tibor qaratdi. Bundan tashqari, Tokio zamonaviy binolar va qulay infratuzilmani talab qiladigan xorijiy investorlarni qiziqtira boshladi.

Shundan so‘ng Mori Building me’morlari “shahar ichidagi shahar” deb nomlangan yangi shaharsozlik konsepsiyasini yaratishga kirishdi. Bora-bora Mori Building kompaniyasi nafaqat binolar, balki butun shahar infratuzilmasi, metro bekatlari, bog‘lar, muzeylar, do‘konlar, restoran va mehmonxonalarni o‘z ichiga olgan yangi tumanlarni tiklashni boshladi.

“Maqsadni ko‘raman va unga intilaman”

Taykichiro Morida ko‘chmas mulk haqidagi ajoyib sezgi bo‘lib, bu ko‘p yillik ilm-fan sohasidagi mehnat natijasi edi. Qanday bo‘lmasin, Mori har safar Yaponiya poytaxtining eng istiqbolli hududlarini tanlagan.

Ba’zida eskirgan uylar aholisi ulardan ko‘chib o‘tishni xohlamadi. Taykichiro esa taslim bo‘lmadi. U asta-sekin tumandagi barcha uylarni sotib oldi, ularga yuklatilgan vazifani bajaradigan o‘z odamlarini joylashtirdi: vazifa ijarachilarning ishonchiga kirish va ularni Mori Building taklifiga rozi bo‘lishga ko‘ndirishdan iborat edi.

Yangi Tokio

Taykichiro kompaniyasi qurgan barcha binolarda o‘zini abadiylashtirdi: ularning har biri o‘z familiyasini oldi va o‘z raqamiga ega edi: “Mori Building birinchi”, “Mori Building ikkinchi” va boshqalar.

Umuman olganda, Taykichiro Mori Building’ni boshqargan yillari mobaynida kompaniya 78 ta bino qurdi. Yapon matbuotida Taykichiro Morini Tokio qiyofasini o‘zgartirgan odam deb atashgan.

Tokioning ulkan rivojlanishi poytaxtdagi ko‘chmas mulkning qimmatlashishiga olib keldi. Natijada Tokio ko‘chmas mulk bo‘yicha dunyodagi eng qimmat shaharga va Taykichiro Mori sayyoraning eng boy odamiga aylandi.

Yer yuzidagi eng boy odam

Shunday qilib, Taykichiro Mori 1991-yildan keyin tanila boshladi. Uning ismini birinchi marta Fortune jurnali tilga oldi. Va 1992-yildan boshlab Mori ketma-ket ikki yil Forbes ro‘yxatida birinchi o‘rinni egalladi, uning kapitali 15 milliard dollarni tashkil qiladi.

Kamtarlik va oziq-ovqat idishi

Ajablanarlisi shundaki, milliardlar Taykichironing tashqi ko‘rinishiga ham, xarakteriga ham hech qanday ta’sir ko‘rsatmagan. Ko‘p yillar davomida u oddiy kichkina kvartirada yashadi va ishga bir idishda ovqat olib ketib yurdi. Faqatgina o‘zining pulidan faqat shaxsiy haydovchi yolladi.

Meros qilib qoldirilgan imperiya

Aytish mumkinki, Taykichiro o‘z ortidan haqiqiy imperiyani qoldirdi. Morey 1993-yilda 88 yoshida vafot etdi. Mori Building kompaniyasi uning farzandlariga meros bo‘lib qoldi. Uning oilaviy biznesini Taykichironing nevarasi – Mivako Date boshqaradi. Balki unga ham bobosining ajoyib ishbilarmonligi meros bo‘lib o‘tgandir.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tokioni dunyodagi eng qimmat shaharga aylantirgan o‘qituvchi hikoyasi