date
views 121

Besh bolgariyalik Britaniyada Rossiya foydasiga josuslikda ayblanmoqda

Besh bolgariyalik Britaniyada Rossiya foydasiga josuslikda ayblanmoqda

Foto: RIA Novosti

Buyuk Britaniyada Bolgariyaning besh fuqarosi Rossiya foydasiga josuslik qilganlikda ayblandi. Ayblanuvchilar «davlat xavfsizligi va manfaatlariga zarar yetkazish maqsadida dushmanga to‘g‘ridan to‘g‘ri yoki bilvosita foydali bo‘lishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlarni to‘plash maqsadida fitna uyushtirganlikda» ayblanmoqda», — deyiladi Britaniya prokuraturasi 21 sentyabr, payshanba kuni e’lon qilgan bayonotda.

Xabarda aniqlashtirilishicha, ayblanuvchilar, tergovchilarga ko‘ra, bu ma’lumotni 2020 yil 30 avgustdan 2023 yil 8 fevralgacha to‘plagan. Ishda ayblanuvchilar - 45 yoshli Orlin Rusev, 41 yoshli Bizer Jambazov, 31 yoshli Katrin Ivanova, 31 yoshli Ivan Stoyanov va 29 yoshli Vanya Gaberova. Prokuraturaning qo‘shimcha qilishicha, fevral oyida Rusev, Jambazov va Ivanova pasport va shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjatlarni qalbakilashtirishda ayblangan.

Ilgari bu shaxslarning jinoiy ta’qib etilayotgani haqida rasman xabar berilmagan edi. Shu bilan birga, BBC media-kompaniyasi avgust oyida Rusev, Jambazova va Ivanovaning Rossiya foydasiga josuslik ishi bo‘yicha ushlangani haqida ma’lum qilgan.

Britaniya ommaviy axborot vositalari ayblanuvchilar haqida

BBC News xabariga ko‘ra, Orlin Rusev 2009 yildan beri Buyuk Britaniyada yashaydi, u aloqa va elektron signallarni ushlash bilan bog‘liq biznesga ega. Rusevning aytishicha, Bolgariya energetika vazirligida maslahatchi lavozimida ishlagan.

Bizer Jambazov va Katrin Ivanova o‘zaro munosabatlarda bo‘lib, Buyuk Britaniyada qariyb o‘n yil yashagan. BBC News xabariga ko‘ra, Jambazov shifoxonalarda haydovchi, Ivanova esa xususiy tibbiyot kompaniyasida laborant bo‘lib ishlagan. Bundan tashqari, er-xotin Buyuk Britaniyadagi bolgarlarga yordam beradigan jamoat tashkilotini boshqargan. Qolgan ikki ayblanuvchi haqida ma’lumot yo‘q.

Besh ayblanuvchining barchasi 26 sentyabr kuni Vestminster magistratlik sudida javob beradi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Besh bolgariyalik Britaniyada Rossiya foydasiga josuslikda ayblanmoqda