date
views 257

Rim papasi: qurol savdosi - Ukrainadagi mojaro sabablaridan biri

Rim papasi: qurol savdosi - Ukrainadagi mojaro sabablaridan biri

Foto: Alessandro Di Meo / EPA / TASS

Ukrainadagi qurolli mojaro qurol sotuvchilarga foyda keltiradi. Bu haqda Rim papasi Fransisk ma’lum qildi.

«Bir necha oy oldin The Economist nashri bugungi kunda eng yuqori daromad keltiradigan investitsiyalar qurol ishlab chiqaruvchi zavodlar ekanligini xabar qilgan edi. Ular, shubhasiz, o‘lim fabrikalaridir», - dedi pontifik.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ukrainaliklar o‘z tarixida ko‘p azob-uqubatlarni boshidan kechirgan «jafokash xalq»dir.

«Endi biz ba’zi davlatlar orqaga qadam tashlayotganini va Ukrainaga qurol bermayotganini ko‘ryapmiz. Ular Ukraina xalqi uchun jiddiy salbiy oqibatlar olib keladigan jarayonni boshlamoqda va bu yomon», - dedi Fransisk.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rim papasi: qurol savdosi - Ukrainadagi mojaro sabablaridan biri