Shimoliy Koreya xorijliklarning mamlakatga kirishiga ruxsat berib, koronavirus pandemiyasi boshlanganidan beri joriy qilingan cheklovlarni bekor qildi. Bu haqda Xitoyning CCTV telekanaliga tayanib, Yonhap agentligi xabar berdi.
Nashrning qayd etishicha, Shimoliy Koreya rasmiylari barcha xorijliklarni ikki kunlik karantindan o‘tkazishni buyurgan. Telekanalning eslatishicha, 2020 yilning yanvar oyidan buyon Pxenyan COVID-19ning mamlakatga kirib borishi xavfi tufayli chegaralarini butunlay yopgan.
Dastlab, Xitoyda epidemiologik vaziyat barqarorlashganidan so‘ng, Shimoliy Koreya Dandong va Siniychu o‘rtasida yuk poyezdlari harakatini qisman tikladi, keyin uzilib qolgan gumanitar almashinuvlar davom etdi.
22 sentyabr kuni Xitoy tomoni ikki tomonlama turizm sohasidagi almashinuv va hamkorlikdagi «ijobiy o‘zgarishlar» haqida ma’lum qildi».
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!