Tan olinmagan Qorabog‘ respublikasining sobiq davlat vaziri Ruben Vardanyan Qorabog‘dan Armanistonga ketmoqchi bo‘lganida qo‘lga olingan. Bu ma’lumotni Ozarbayjon Davlat chegara xizmati tasdiqladi.
Vardanyan 2022 yilning 1 sentyabr kuni Rossiya fuqaroligidan voz kechib, Qorabog‘ hududiga kelgandi. U 2022 yil 4 noyabrdan 2023 yil fevralga qadar vazir lavozimida ishlagan.
Vardanyan shuningdek tadbirkorlik bilan shug‘ullangan, uning boyligi bir milliard dollar atrofida baholanadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar