Britaniya razvedkasi: Rossiya bir necha yillik urushga tayyorlanmoqda

Britaniya razvedkasi: Rossiya bir necha yillik urushga tayyorlanmoqda
Britaniya razvedkasi: Rossiya bir necha yillik urushga tayyorlanmoqda
Foto: Reuters

Britaniya harbiy razvedkasi Rossiya hukumati “Ukrainada yana bir necha yillik harbiy harakatlarga tayyorlanayotganini” ma’lum qildi.

Britaniya Mudofaa vazirligi 2024-yilgi Rossiya budjeti loyihasi asosida tegishli xulosaga keldi. Xususan, 2024-yilda mudofaa uchun budjet xarajatlari yalpi ichki mahsulotning hozirgi 3,9 foizidan 6 foizga, ya’ni 6,4 trillion rubldan 10,8 trillion rublgacha oshishi ko‘zda tutilgan.

Katta ehtimol bilan, Rossiya mudofaa xarajatlarini 2024-yil davomida saqlab qolishi mumkin. Britaniya harbiy razvedkasining ta’kidlashicha, Rossiya mudofaa xarajatlari haqidagi to‘liq maʼlumotlar har doim maxfiy bo‘lsa-da, ochiqlangan raqamlar Rossiya yana bir necha yillik urushga tayyorlanayotganidan dalolat beradi.

  • Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu Ukrainadagi harbiy amaliyotlar 2025-yilda davom etishini aytgandi.
  • Rossiya Moliya vazirligi rahbari Anton Siluanov byudjetda mudofaa xarajatlarining ulushi oshgani va ular ustuvor ekanini tan olgan.

22-sentyabr kuni Bloomberg agentligining Rossiya byudjeti loyihasidagi urush xarajatlari haqidagi maqolasi chop etildi. Shu asosda, “Kommersant” gazetasi, boshqalar qatori, eslatma yozdi, ammo xabar tez orada “muharrirlarning qarori bilan” o‘chirilgan.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar