date
views 168

BMT missiyasi Tog‘li Qorabog‘ga yetib keldi

BMT missiyasi Tog‘li Qorabog‘ga yetib keldi

Foto: APA

Ozarboyjonning mintaqadagi harbiy amaliyotidan so‘ng arman aholisi tomonidan deyarli butunlay tashlab ketilgan Tog‘li Qorabog‘ga BMT missiyasi 30 yil ichida birinchi marta yetib keldi. Uning kelishi haqida 1 oktyabr, yakshanba kuni Boku rasmiylari xabar berdi.

Qayd etilishicha, BMT missiyasining asosiy maqsadi zarur insonparvarlik yordami hajmini baholashdan iborat. O‘z navbatida, Tog‘li Qorabog‘dan o‘n minglab qochqinlarni qabul qilgan Armanistonda 1 oktyabr kuni Arsax (Tog‘li Qorabog‘) uchun milliy ibodat kuni bo‘lib o‘tdi. Butun mamlakat bo‘ylab ibodatxonalarda qo‘ng‘iroqlar chalindi. Barcha armanlarning oliy patriarxi Garegin II o‘z qarorgohi joylashgan Echmiadzin shahrida marosim o‘tkazdi.

BMT Xalqaro sudida Armanistonning Ozarboyjonga qarshi da’vosi

Yerevan Ozarboyjonni Tog‘li Qorabog‘ hududidagi harakatlarda aybladi. 29 sentyabr kuni Armaniston Ozarboyjonga qarshi BMT Xalqaro sudiga da’vo arizasi bilan murojaat qilib, irqiy kamsitishning barcha shakllariga barham berish to‘g‘risidagi xalqaro konvensiyaga rioya qilishni talab etdi.

Bundan tashqari, Yerevan Bokuni BMT va Qizil Xoch xodimlarining mintaqadagi arman aholisi bilan muloqotni ta’minlashga, tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘ Respublikasi rasmiylari tomonidan berilgan fuqarolik holati dalolatnomalari guvohnomalarini haqiqiy deb tan olishga va arman madaniy merosining yodgorliklarini buzishni taqiqlashga chaqirdi.

Boku Tog‘li Qorabog‘dagi etnik armanlar haqidagi ayblovlarni rad etib, ularning huquqlari hurmat qilinishini bildirdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » BMT missiyasi Tog‘li Qorabog‘ga yetib keldi