22:47 / 03.10.2023
308

Forbes 400 ta eng badavlat amerikalik milliarderni e’lon qildi

Forbes 400 ta eng badavlat amerikalik milliarderni e’lon qildi
Foto: Forbes

Amerikaning Forbes jurnali mamlakatning eng boy 400 kishisi reytingini e’lon qildi. O‘tgan yilgidek, uni Tesla va SpaceX asoschisi Ilon Mask boshqarib bormoqda. Uning boyligi bir yil avvalgidek 251 milliard dollarga baholangan.

2022 yilda Mask Twitter ijtimoiy tarmog‘ini (hozirgi X) 44 milliard dollarga sotib oldi va uning Tesla elektromobil ishlab chiqaruvchi aksiyalari deyarli 45 foizga arzonlashdi. Shu sababli bir yilda uning boyligi 100 milliard dollardan ko‘proqqa kamaydi: 31 dekabr holatiga ko‘ra «atigi» 147 milliard dollar.

ijtimoiy tarmoq bilan “Mask imperiyasi umuman yuksalishda edi, deya qayd etadi nashr. Uning SpaceX kosmik kompaniyasi iyun oyida 150 milliard dollarga baholangan, bu 2022 yil may oyidagidan 20 milliard dollardan ko‘proq (o‘shanda baho 127 milliard dollar edi).

Biroq, ijtimoiy tarmoq bilan bog‘liq muammolarga qaramay, Mask biznes imperiyasida «ko‘tarilish» bo‘ldi. Tesla aksiyalari ham o‘sdi - yilning dastlabki sakkiz oyida kompaniya qiymati ikki baravar oshdi. Bularning barchasi unga iyul oyida dunyoning eng boy odamlari ro‘yxatida birinchi o‘ringa qaytish imkonini berdi. Mask Louis Vuitton Moet Hennessy rahbari, fransiyalik Bernard Arnodan o‘zib ketdi.

Eng boy amerikaliklar reytingida ikkinchi o‘rinni Amazon asoschisi Jeff Bezos egalladi, uning boyligi 161 milliard dollarga baholanmoqda (Maskdan 90 milliard dollar orqada). Uchinchi o‘rinda 158 milliard dollar bilan Oracle dasturiy ta’minot ishlab chiqaruvchisi asoschisi va direktorlar kengashi raisi Larri Ellison bormoqda.

Yuqori o‘ntalikka Uorren Baffet (Berkshire Hathaway, 121 mlrd), Larri Peyj (Google, 114 mlrd), Bill Geyts (Microsoft, 111 mlrd), Sergey Brin (Google, 110 mlrd), Mark Sukerberg (Meta, 106 mlrd), Stiv Balmer (Microsoft, 101 mlrd) va Maykl Blumberg (Bloomberg, 96,3 mlrd) ham kirgan.

Forbes hisob-kitoblariga ko‘ra, reytingdagi yigirmatalikning umumiy boyligi qariyb 1,9 trillion dollarni tashkil etdi - bu har qachongidan ham ko‘proq. Yil davomida 20 nafar kishi 310 milliard dollarga boyib ketdi. Reytingning 400 nafar ishtirokchisi o‘z kapitalini umumiy hisobda 500 milliard dollarga oshirdi.

Amerikaning 400 ta eng boy odamlari ro‘yxatiga kirish yildan yilga qiyinlashib bormoqda, deb ta’kidlaydi Forbes. 2023 yilda reytingga kirish uchun zarur bo‘lgan minimal boylik 2,9 milliard dollarni tashkil etdi. Biroq, ro‘yxatga 18 ta yangi nom kiritildi.

Yangi kelganlar orasida basketbolchi Maykl Jordan (3 milliard dollar) ham bor, u reytingdagi birinchi professional sportchiga aylandi. Uning Nike bilan hamkorligi, shuningdek, NBA jamoasi «Sharlott Hornets»dagi ulushini sotib yuborgani Forbes ro‘yxatiga kirishga imkon berdi.

Forbes reyting ishtirokchilari boyligini hisoblash uchun AQSH Qimmatli qog‘ozlar va birjalar komissiyasiga taqdim etilgan «minglab» materiallarni, sud hujjatlarini, meros hujjatlarini va hisobotlarni o‘rganganini ta’kidlaydi. Nashr barcha turdagi aktivlarni: davlat va xususiy kompaniyalardagi ulushlar, ko‘chmas mulk, san’at asarlari, yaxtalar, samolyotlar, avtomobillar, uzumzorlar, zargarlik buyumlari va boshqalarni hisobga olgan. Bundan tashqari, Forbes milliarderlarning o‘z kapitalini (yoki, masalan, meros bo‘lib qolgan aktivlarini) mustaqil ravishda ishlab topgani darajasini va ularning xayriya faoliyati ko‘lamini ham baholadi.

Imkon bo‘lgan taqdirda Forbes jurnalistlari ro‘yxatdagi milliarderlar bilan shaxsiy uchrashuvlar o‘tkazishdi, shuningdek, ularning xodimlari, moliyaviy maslahatchilar, raqobatchilar va advokatlar bilan suhbatlashishdi. Boyliklar miqdori 8 sentyabr holatiga ko‘ra to‘plangan ma’lumotlarga asoslanadi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo