date

Turkiyada Su-24 samolyotini urib tushirgan uchuvchilar hibsga olindi

Turkiyada Su-24 samolyotini urib tushirgan uchuvchilar hibsga olindi

Turkiya hukumati o‘tgan yilning noyabr oyida Rossiyaning Su-24 samolyotini urib tushirgan ikki turkiyalik uchuvchini hibsga oldi. Bu haqda “The Newspapers” nashriga asoslanib “Qalampir” xabar bermoqda.

Xabarga ko‘ra, uchuvchilar 15 iyul kuni davlat to‘ntarishiga harakatda ishtirok etishgan.

Su-24 voqeasidan so‘ng Rossiya va Turkiya munosabatlari ancha sovuqlashib qolgan edi. Rossiya Turkiyaning bir qator eksport mahsulotlariga sanksiya e’lon qilib Turkiya kurortlarini boykot qilgandi.

Joriy yilning iyun oyida ikki davlat o‘rtasidagi aloqalar yana iliqlasha boshladi. Bunga Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an urib tushirilgan samolyot va halok bo‘lgan uchuvchi uchun uzr so‘ragani sabab bo‘ldi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Turkiyada Su-24 samolyotini urib tushirgan uchuvchilar hibsga olindi