Rossiya Ukraina sharqidagi yuzlab birlashmalarni bo‘lajak hujumga tayyorlab qo‘ygan. Bu taxminni Pentagonning sobiq maslahatchisi polkovnik Duglas Makgregor “Judging Freedom” YouTube-kanali efirida bildirdi, deya yozadi RIA Novosti.
“Rossiya Ukraina sharqida shu paytgacha yuzlab yangi birlashmalarni tayyorlab qo‘ygani biz uchun (AQSH uchun – tahr.) yomon xabar. Bu esa yirik hujumga tayyorgarlik ko‘rilayotganini bildiradi", - dedi u.
Makgregorning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya armiyasi ko‘p oylar davomida mudofaa holatida bo‘lgan va endi g‘arb tomon hujum boshlashga tayyor.
“Hech narsa ularni to‘xtata olmaydi. Shunday ekan ular nega hujum qilishmasin. Amerika ma’muriyati rasmiylari ular buni qila olishmaydi deb aytishadi. Bu esa bema’nilik. Ukrainaliklar pashsha kabi o‘lishmoqda. Har safar boshlarini ko‘targanlarida ular halok bo‘lishmoqda. Ruslar hujumga albatta tayyor”, - deya xulosa qildi polkovnik.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!