Ramzan Qodirovning oʻgʻli Adam Qodirov “Checheniston Qahramoni” boʻldi

1 daqiqa o'qish352
Ramzan Qodirovning oʻgʻli Adam Qodirov “Checheniston Qahramoni” boʻldi
Ramzan Qodirovning oʻgʻli Adam Qodirov “Checheniston Qahramoni” boʻldi
Foto: Telegram / Adam Delimxanov

Ramzan Qodirovning oʻgʻli Adam Qodirov “Checheniston Qahramoni” boʻldi. Bu haqda Rossiya Davlat dumasi deputati Adam Delimxanov oʻzining Telegram kanali orqali ma'lum qildi.

Sentyabr oxirlarida Adam Qodirov Qur'onni yoqishda ayblanayotgan Nikita Juravelni urgani aks etgan video tarqalgandi. Oʻshanda Checheniston rahbari oʻgʻlining harakatini ma'qullaganini aytgan.

“Qadrdon jiyanimni katta mamnuniyat bilan qutlayman… Adam Ramzanovich Qodirovga Checheniston Rspublikasining oliy mukofoti — ‘Checheniston Qahramoni’ unvoni topshirildi. U yoshligidan liderlik va tashkilotchilik qobiliyatlarini namoyon etib kelmoqda, doim shaxsiy rivojlanish ustida ishlaydi va hech qachon vaqtini behuda sarflamaydi”, — deb yozadi Delimxanov.

“Checheniston Qahramoni” unvoni qahramonlik koʻrsatish bilan bogʻliq mintaqa va respublika xalqi oldidagi ulkan xizmatlari uchun beriladi. Mukofotni olganlar qator imtiyozlarga ham ega.

Adam Qodirovning yutuqlari

Adam 15 yoshda. Delimxanovning soʻzlariga koʻra, kichkina Qodirov hofizi Qur'on hisoblanadi. Bundan tashqari u turli fanlarni yaxshi oʻqiydi, tarixga, til oʻrganish va adabiyotga qiziqadi. Taktik oʻq otish boʻyicha 10-ochiq chempionatda u birinchilikni qoʻlga kiritgan.

Bir necha kun oldin Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning qizi Ayshat Qodirova bosh vazirning ijtimoiy blok boʻyicha oʻrinbosari etib tayinlangani toʻgʻrisida xabar berilgandi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?