Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo unga qo‘l berish so‘rashishdan bosh tortgan va hukumatni Ukrainani moliyalashtirish uchun tanqid qilgan fuqaro bilan tortishib qoldi. Bu aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalmoqda.
Bosh vazir odamlar bilan so‘rashish uchun mashinadan tushgan, bir necha kishi bilan qo‘l berib so‘rashgan. Uchinchi fuqaroning oldiga kelganida u Tryudo bilan qo‘l berib so‘rashishdan bosh tortgan. Erkak bosh vazirga u “mamlakatni yo‘qotganini” aytgan va jamoat pullari evaziga Ukrainani moliyalashtirishda ayblagan.
“Siz ularni (pullarni – tahr.) Ukrainaga jo‘natyapsiz-a? Siz ularni o‘z mamlakatini o‘ldirayotgan yigitga yuboryapsizmi?” – deya savol bilan yuzlangan fuqaro bosh vazirga.
Tryudo ayblovlarni rad etib, ularni Rossiya propagandasi deb atagan.
“Siz Putinni tingladingizmi? Siz Rossiyadan ko‘p feyklarni bilasiz”, - deb Kanada bosh vaziri burilib ketib qolgan.
Fuqaro uning ortidan Tryudoning feyklarini tinglamasligini aytib qichqirib qolgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!