Foto: Reuters
Falastinning HAMAS harakati Isroil bilan sulh tuzishni muhokama qilishga tayyorligini ma’lum qildi. Bu haqda Saudiyaning AlHadath telekanali xabar berdi.
«Biz [HAMAS vakillari] Isroil bilan sulhni muhokama qilishga ochiqmiz», deyiladi Falastin harakati bayonotida.
Avvalroq, HAMAS guruhi Isroilning G‘azo sektoriga ogohlantirishsiz uyushtirgan zarbalariga javoban garovga olinganlarni qatl etishni boshlash bilan tahdid qilgan, Isroil armiyasi esa garovga olinganlar xavf ostida bo‘lsa ham, G‘azo sektoridagi HAMAS pozitsiyalariga zarba berishda davom etishini ma’lum qilgan edi.
7 oktyabr kuni HAMAS Isroilga bir necha ming raketa otdi va «Al-Aqso to‘foni» operatsiyasi boshlanganini e’lon qildi. Shu fonda Isroil milliy xavfsizlik vaziri Itamar Ben-Gvir 7 oktyabr kuni mamlakatda favqulodda holat e’lon qildi.
Isroil bosh vaziri Netanyaxu mamlakat urush holatida ekanini ma’lum qilib, HAMAS tashkilotini yo‘q qilishga va’da bergan edi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!