Pokistonlik taniqli model Kandil Balochni akasi o‘ldirib qo‘ydi

Pokistonlik taniqli model Kandil Balochni o‘z akasi o‘ldirib qo‘ydi. Bu haqda “Qalampir” xabar bermoqda.
Gap shundaki, Kandil Baloch Pokistonning eng taniqli, tilga tushgan modellaridan biri sanalardi. Uning faoliyatiga oila a’zolari, xususan, akasi bir necha bor qarshi chiqqan va kasbini tashlashini buyurishgan. Kandil kuni kecha Instagram’dagi shaxsiy sahifasiga ochiq-sochiq liboslardagi suratini joylashtirganidan so‘ng, u yana butun dunyo bo‘ylab tilga tushdi. Behayo suratlari bilan tanilgan Kim Kardashyanga o‘xshab suratga tushgan aktrisani akasi o‘ldirib qo‘ydi.
Ma’lumotlarga qaraganda, Balochning jasadi uning Panjobdagi uyidan topilgan. Akasi Vasim esa uni o‘ldirganini tan olgan.
“Bu ishni oilamiz sha’nini saqlab qolish uchun qildim va bundan afsuslanmayapman”, deydi Vasim.
Bundan avvalroq, Kandil Baloch internetdagi blogi orqali noma’lum shaxslar unga po‘pisa qilgani va davlat himoyasiga muhtoj ekanini ma’lum qilgan.
Kandil Baloch bilan bog‘liq holat Pokistonda birinchi bor uchrayotgani yo‘q. Mamlakatdagi rasm-rusumlar va urf-odatlar ko‘plab oilalar qizlarining hayotdan erta ko‘z yumishiga, yosh turmushga chiqib, oilasi barbod bo‘lishi va erta so‘nishiga sabab bo‘lmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing